02 sen 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirovning vaznida muhim reyting jangi elon qilindi
13 dekabr kuni UFC Vegas 112 musobaqasi tashkil etiladi.
Insayder Marsel Dorfning malum qilishicha, ushbu musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi amerikalik Brendon Royval kamar uchun sobiq davogar portugaliyalik sportchi Manel Kape bilan to'qnash keladi.
Malumot o'rnida, Royval faoliyati davomida 25 ta jang o'tkazib, 17 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. U UFC reytingida 3-o'rinni egallab turibdi. Ettinchi pog'onadagi Manel Kape hisobida esa 21 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Ushbu vazndagi o'zbekistonlik sportchi Ramazon Temirov hozirda reytingning 14-o'rnida bormoqda.
Havola :
Manba : x.com/BigMarcel24
Fikrlar