Daily mail nashrining yozishicha, poygaga britaniyalik futbol afsonasi va «Inter Mayami» klubining egasi Devid Bekxem, NBA'ning ko'p karra chempionlari, «Los-Anjeles Leykers» forvardi Lebron Jeyms va afsonaviy Maykl Jordan, tennischilar opa-singil Serena va Vinus Uilyamslar, aktyor hamda teleboshlovchi Jeyms Korden, reper Farrel Uilyams va boshqa mashhurlar tashrifi kutilmoqmoqda.
Malumot uchun, Mayami Gran-prisi 6-8 may kunlari tarixda ilk bor Xard Rok trassasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Formula-1'ning haydovchilar reytingida 86 ball to'plagan «Ferrari» piloti SHarl Lekler peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan «Red Bull» vakili Maks Ferstappen joy olgan bo'lsa, uchinchi o'rinni uning jamoadoshi Serxio Peres egallab turibdi.