"Biz Floridani yaxshi ko'ramiz. Bu erda braziliyaliklarni yaxshi kutib olishadi. Nafaqat yurtdoshlarimni, balki bu erga kelganlarning hammasini. Bu er Rioga o'xshaydi, u ham juda go'zal.
Men 10 yildan beri shu erdaman va barchangiz Xorxeni yaxshi ko'rishingizni bilaman. To'g'risi bu erda anchadan beri yashayman. Siz uchun shou qo'ymoqchiman va shanba oqshomida hammasi qanday tugagashini va Mayamining yangi qiroli kimligini bilib olasiz", - dedi Berns.
Eslatib o'tamiz, Gilbert Berns va Xorxe Masvidal ertaga tongda AQSHning Florida shtati Mayami shahrida UFC 287 turnirida jang qiladi.