12 sen 09:54
Yangiliklar
Futbol

Abbos Fayzullaevning transferi ikkinchi bo'ldi
Kecha tunda Rossiya Premer Ligasida yozgi transfer oynasi yopildi.
Rossiya Premer-ligasida yozining eng qimmat sotuvi yarim himoyachi Xorxe Karraskalning "Dinamo"dan "Flamengo"ga o'tishi bo'ldi. Avvalroq moskvaliklar transferdan 12,5 million evro ishlab olgani xabar berilgandi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, ikkinchi eng qimmat transfer CSKAdan yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga 7,5 million evro evaziga o'tgani bo'ldi.
Kuchli uchlikni yana bir CSKA futbolchisi Kellven yakunlab bergan. Moskva jamoasi yarim himoyachini "Palmeyras"ga 6 million evroga sotdi.
Havola :
Fikrlar