12 sen 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Donald Tramp - UFC muxlisi va mening 25 yillik do'stim"
UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashganidan so'ng munosabatlari haqida so'zladi.
Tomonlar 2026 yilda Oq uyda UFC turnirini tashkil etish masalasini muhokama qilishdi.
"Endi biz katta loyihaning boshida turibmiz. Oldimizda katta ish turibdi. Biz Tramp bilan taxminan 25 yildan beri do'stmiz. Buning siyosatga hech qanday aloqasi yo'q. U rostdan ham umrbod do'stim va UFCning katta muxlisi. U prezident bo'lishidan ancha oldin UFC turnirlarini ko'rardi. Faqat UFC emas, umuman yakkakurashlarni yaxshi ko'radi", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : The Herd with Colin Cowherd
Fikrlar