12 sen 19:35
Yangiliklar

O'smirlarimiz 18 ta medal bilan Osiyo chempionatida birinchi bo'lishdi!
Ikki kunlik bellashuvlarda o'smir dzyudochilarimiz tarixiy natija qayd etishdi. Terma jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza, umumiy 18 ta medal bilan 21 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Koreya Respublikasi hisobida 3, qo'shni Qozog'istonda esa 2 ta oltin medal bo'ldi. Katta tafovut bilan Osiyo chempionatida tengsiz bo'ldik.
Oltin medal sohiblari
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
+90 kg: Alibek Durdiev
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
Kumush medal sovrindorlari
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
Bronza medal sovrindorlari
-50 kg: Muhammadqodir SHodmonov
-55 kg: Abubakr Sattorov
-73 kg: Sadulla Ravshanov
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-90 kg: Inomjon Bahodirov
-57 kg: Gulsanam Hazratqulova
-63 kg: Zuhra Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Eng asosiysi, qita birichiligiga yo'l olgan 20 dzyudochimizdan 18 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. Bu dzyudochilarimizning Osiyo dzyudochidagi mavqeidan darak bermoqda.
Fikrlar