12 sen 23:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Navbahor Hamidova Jahon chempionati finaliga chiqdi
Britaniyada boks bo'yicha Jahon chempionatining yarim final bellashuvlari boshlandi.
Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvlarida -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova yarim finalda Xitoy Taypeyi vakilasi Nien CHin CHenga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Navbahor 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Endi u 14 sentyabr kuni finalda qozog'istonlik Aida Abikeevaga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Navbahor bungacha Belgiya va Angliya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar