13 sen 01:03
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH yarim finalida "o'zbekcha derbi" bo'lib o'tdi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqa doirasida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev sobiq bokschimiz, hozirda Ozarbayjon terma jamoasi nomidan musobaqalarda qatnashayotgan Saidjamshid Jafarovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Fazliddin Erkinboev 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Saidjamshid esa musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
Malumot uchun, Erkinboev shu kungacha Turkiya va Belgiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Erkinboev endi finalda Bolgariya vakiliga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:12
Bugun 8 nafar bokschimiz Jahon chempionatining 1/4 va 1/2 final janglarida ringga ko'tariladi 0
Fikrlar