So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

09 sen 10:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Xalokov vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi havaskor bokschilari reytingi peshqadami!

Dunyoga mashhur BoxRec statistik portalining yangilangan reytingi Top-10`taligidan 4 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.

Rasman Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan 2023 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori Saidjamshid Jafarovni BoxRec portali hamon O'zbekiston bokschisi sifatida ko'rsatmoqda. Buxorolik charm qo'lqop ustasi Top-10`talikdagi beshinchi o'zbekistonlik bokschi sifatida ko'rsatilgan. 

BoxRec reytingining asosiy xususiyati shundaki, ular hech qanday inson omili, hakamlarning tarafkashligi yoki boks tashkilotlarining qarorlarisiz, maxsus matematik algoritm yordamida to'liq avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ayni damda havaskorlar o'rtasida vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi — 2024 yilgi Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni Abdumalik Xalokov hisoblanadi. IBA talqini bo'yicha 2025 yilgi jahon chempionati finalida rossiyalik Vsevolod SHumkovdan (u ushbu ro'yxatda uchinchi o'rinda) mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, u baribir etakchi bo'lib qolmoqda.


Umuman olganda, BoxRec Top-10`talikka O'zbekistondan naqd besh nafar bokschini kiritgan. 

Xalokovdan tashqari ro'yxatdan quyidagilar joy oldi:

2025 yilgi jahon chempioni Fazliddin Erkinboev (5-o'rin)

2025 yilgi jahon chempioni To'rabek Habibullaev (7-o'rin)

2024 yilgi Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (8-o'rin)

2023 yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori Saidjamshid Jafarov (10-o'rin)


Havaskorlar o'rtasidagi P4P (vazn toifasidan qati nazar) reytingining kuchli o'ntaligiga faqat bir nafar qozog'istonlik bokschi kirdi. Ablayxan Jusupov o'tgan yili IBA talqini bo'yicha jahon chempioni bo'lgan, 2026 yil iyun oyida esa World Boxing shafeligidagi Jahon kubogining ikkinchi bosqichi g'olibi bo'ldi. Hozircha u ushbu ro'yxatda to'qqizinchi o'rindan joy olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing