26 sen 09:16
Yangiliklar
Ozarbayjon safida faoliyat olib borayotgan Saidjamshid Jafarov Evropa chempioniga aylandi!
Xabaringiz bor, asli o'zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov hozirda Ozarbayjon terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Jafarov Ozarbayjon safida Evropa chempionatida ham ishtirok etdi va ahamiyatlisi, musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritdi. Bu World Boxing qanoti ostidagi European Boxing tashkiloti tomonidan o'tkazilgan tarixdagi ilk Evropa chempionati edi. Qita birinchiligi 17 sentyabr kuni start olib, erkaklar va ayollar o'rtasida 10 tadan vazn toifalarida bahslar tashkil etildi.
Buxoroda tug'ilgan va O'zbekiston safida 2023 yilgi Jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'lgan Saidjamshid Evropa birinchiligida 75 kg vazn toifasidagi bahslarda ringga chiqdi. Hamyurtimiz final bosqichida rossiyalik Ismail Mucolgov bilan jang qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi va o'z faoliyatida birinchi marotaba Evropa chempioniga aylandi.

Fikrlar