13 sen 01:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahongir Zokirov xitoylik raqibini mag'lubiyatga uchratdi va JCH finaliga chiqdi
Angliyada boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Musobaqada eng og'ir +90 kg vaznda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov yarim final doirasida Xitoy terma jamoasi vakili Danabike Bayikevuziga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Jahongir Zokirov 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi. Jang davomida Jahongir raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Malumot uchun, Jahongir Zokirov bungacha Jazoir va Norvegiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib kelgandi.
Finalda Zokirov Kuba yoki Qozog'iston vakiliga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar