12 sen 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Sabina Boboqulova katta ustunlik evaziga g'alaba qozonib, JCH yarim finalga yo'l oldi
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sabina Boboqulova chorak finalda italiyalik Jovanna Marchesega qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda bokschimiz katta ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Boboqulova jang davomida raqibasini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi.
Malumot uchun, Sabina bungaqa polshalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqqandi. Endi u yarim finalda Qozog'iston vakili Nozim Kizibayga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar