13 sen 01:39
Yangiliklar
Boks/MMA

To'rabek Xabibullaev ham JCH finaliga yo'l oldi!
Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqada yarim final bellashuvlari start oldi.
Musobaqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan To'rabek Xabibullaev yarim finalda Ispaniya vakili Enmanuel Reyes Plaga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda To'rabek 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi. Endi u 14 sentyabr kuni finalda Braziliya bokschisiga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, To'rabek bungacha Greciya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar