13 sen 00:07
Yangiliklar

Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi
Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov yarim finalda Yaponiya vakili SHunsuke Kitamotoga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raundda Abdumalik Xalokovning qoshidagi jarohat sababli to'xtatildi. Bunday vaziyatda jang to'xtatilgunga qadar olingan ochkolar hisoblanadi. Bu vaqtga kelib Xalokov jangda to'liq ustunlikka erishayotgandi. Yakunda hakamlar Abdumalikning 5:0 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi.
Malumot uchun, Abdumalik shu kungacha Turkiya, Italiya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga qadar etib kelgandi.
Endi u finaldagi jangini Braziliya yoki Bolgariya vakiliga qarshi o'tkazadi.
Abdumalik Xalokov bu orqali faoliyatida ketma-ket uchinchi marotaba JCH finaliga chiqdi. Bokschimiz bungacha 2021 yili Belgradda o'tkazilgan Jahon chempionatida kumush, 2023 yil Toshkent mezbonlik qilgan musobaqada oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Fikrlar