20 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Uch nafar hamyurtimizni enggan Kamal Guseynov yana bir MMAchimizni jangga chorladi
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Kamal Guseynov hamyurtimiz Abdumalik Yorbo'taev bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Abbi, sen mikrofonda ko'p gapiryapsan. Men senga hamma gapni oktagonda aytishni maslahat beraman. Agar sening gaplaring nimanidir anglatadigan bo'lsa – shunchaki shartnomani imzola va jangga chiq. Jasur Alijonov, Mangu MMA, kelinglar bu jangni tashkil qilamiz", deb yozgan Guseynov.
"Xalk" taxallusli Kamal avvalroq, Jahongir Jumaevni ochkolar hisobiga ko'ra, Mavlonbek Mirkomilov hamda Davlatbek Hojievni esa nokaut evaziga taslim qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar