21 iyu 19:31
Yangiliklar
Jahon kubogi yakunlandi. Erkaklar terma jamoamiz birinchi!
Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz jami 12 ta medalni qo'lga kiritdi, deb xabar bermoqda O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati.
Har doimgidek, erkaklar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 ta kumush 2 ta bronza medali bilan yana umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onani Qozog'iston 3 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni Franciya terma jamoasi yakunlab berdi.
Umimiy jadvalda esa mezbonlar Xitoy terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza bilan birinchi o'rinni band etdi. Beshta oltin, 3 ta bronza bilan Qozog'iston ikkinchi, 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronzani qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.
G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medallar:
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-90 kg. To'rabek Xabibullaev
-80 kg. Javohir Ummataliev
-57 kg. Nigina O'ktamova
Kumush medallar:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-48 kg. Farzona Fozilova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva
Bronza medallar:
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+90 kg. Arman Maxanov
-60 kg. Sitora Turdibekova
-75 kg. Aziza Zokirova




Fikrlar