12 sen 18:30
Yangiliklar

Gvardiola: "3 nafar futbolchimiz MYUga qarshi aniq o'ynolmaydi. Qolganlar esa tayyor"
"Rayan Ait-Nuri, Omar Marmush va Rayan SHerki "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay olmaydi. Jon Stounzning maydonga tushishi so'roq ostida. Qolganlar o'yinga tayyor.
Marmush taxminan keyingi FIFA kuni arafasida safga qaytsa kerak.
Transfer oynasi bizga Donnarummadek katta klub va terma jamoada o'ynaygan tajribali darvozabonni sotib olish imkonini taqdim etdi. U MYU bilan o'yinda boshlang'ich tarkibda tushadimi? Ko'ramiz.
Hozirda tarkibimizda 26 emas, 16 nafar futbolchi bor.
Isakka shuncha pul to'landimi, demak, u shunga yarasha top-futbolchi bo'lsa kerak", – dedi "shaharliklar" ustozi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester derbisi" 14 sentyabr kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar