07 avg 09:23
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola Rodriga qo'ng'iroq qilib, uni "Barselona"ga o'tishga ko'ndirdi
"Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rodri bilan shaxsan bog'lanib, uni Kataloniya klubiga o'tishga ko'ndirdi.
Bu haqda jurnalist Mikel Blaskes xabar beradi.
Manba malumotiga ko'ra, Gvardiola va ispaniyalik xavbek o'rtasidagi suhbat shu haftada bo'lib o'tgan. Murabbiy go'yoki o'yinchini Kataloniya klubining taklifini qabul qilishga ko'ndirishga harakat qilgan. SHu bilan birga, suhbat tafsilotlari oshkor qilinmayapti.
Avvalroq Rodrini sotib olishga asosiy davogar sifatida "Real" etirof etilayotgan edi, ammo 6 avgust kuni ispaniyalik futbolchining katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi haqida malumot paydo bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar