08 okt 18:21
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ga qaytmoqda
"The Times" jurnalisti Pol Xirstning malum qilishicha, Gvardiola kelasi hafta "Man Siti"ning CHempionlar Ligasi doirasida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsiga tashrif buyuradi. O'yin 14 oktyabr kuni "Etixad" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, bu ispaniyalik mutaxassis klubda bosh murabbiy sifatida 10 yil faoliyat yuritgan qadrdon arenasiga qaytadi deganidir.
Gvardiola o'tgan mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etib, ingliz futbolidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylik davrlaridan biriga nuqta qo'ygandi. Hozirda jamoani Enco Mareska boshqarmoqda, Pep esa joriy mavsumda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmadi.
Uning bu tashrifi sobiq klubi uchun ayniqsa og'ir va murakkab pallaga to'g'ri kelmoqda. Gvardiola Premer-liganing moliyaviy ishi bo'yicha mustaqil komissiya hukmi elon qilinganidan so'ng "Manchester Siti"ni ochiqchasiga qo'llab-quvvatlashini bildirgan edi.

Fikrlar