"Men CHarlo bilan jang qilib, uning WBC kamarini olib qo'ymoqchiman. Bu oson ish bo'ladi! Hamma biladi, agar men oson ish desam, shunday bo'ladi", - deb yozgan qozog'istonlik bokschi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida amerikalik Demetrius Andrade boshqa divizionga o'tgani sabab, vaqtinchalik WBO kamari sohibi hisoblangan Alimxanuli to'laqonli chempionga aylandi.
Janibek Alimxanuli (12-0) so'nggi bor 22 may kuni britaniyalik Denni Dignam (14-1-1)ga qarshi jang qilgan edi.
Oldinroq, Alimxanulining Demetrius Andrade bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.