So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

17 iyu 15:44
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Konya-2021: Musobaqada qaysi jamoaviy sport turlarida qatnashamiz?

Avgust oyida Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o'yinlari o'tkaziladi.

Tashkiliy qo'mita O'yinlarning reglamenti va musobaqada ishtirok eta oladigan jamoalardan kelib tushgan talabnomalar bo'yicha har bir dasturda qatnashadigan davlatlar nomini elon qildi.

Malumki, davlatimiz rahbari o'tgan yili Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridan qaytib kelgan delegaciyamizni qabul qilar ekan, kelgusi Olimpiadalarda jamoaviy dasturlarda ham licenziya qo'lga kiritish bo'yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda bu yo'nalishdagi ishlarni boshlab yuborgan bo'lib, Islom birdamligi o'yinlarida jamoaviy dasturda qatnashadigan 2 ta terma jamoamiz mazkur harakatning amaliy natijasi deyish mumkin.

Bo'lajak musobaqada hamyurtlarimiz gandbol va 3x3 basketbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi bahslarda medallar uchun kurash olib borishadi. Kompleks musobaqa qoidalariga ko'ra, jamoaviy sport turlarida ajratilgan kvotalar bo'yicha jahon reytingidagi mos davlatlar tanlab olinadi. SHu bois gandbol va 3x3 basketbol bo'yicha erkaklar, shuningdek, voleybol hamda futbol bo'yicha ham erkaklar, ham ayollar jamoalarimiz kerakli reyting pog'onalariga kira olmagani uchun bu yilgi Islom birdamligi o'yinlarida qatnasha olmaydi. Qura tashlash marosimi 3 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Malumot uchun, bir yilga kechiktirilgan mazkur V Islom birdamligi o'yinlari 9-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston delegaciyasi 23 sport turida 270 ga yaqin atlet bilan qatnashishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing