Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi g'olibi Daniil Medvedev nimchorak final uchrashuvida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 25-pog'onadan joy olgan avstraliyalik Nik Kirgiosga 6/7(11), 6/3, 3/6, 2/6 hisobida yutqazdi.
Nik Medvedevga noqulay raqib ekanini yana bir bor isbotladi. U o'zaro uchrashuvlarda 4:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Daniil 22 ta, Nik esa 21 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi US Open turnirida yangi chempion bo'ladi.