26 avg 07:32
Yangiliklar
Tennis

US Open. Qozog'istonlik tennis malikasi g'alaba bilan boshladi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari start oldi.
Dunyoning o'ninchi raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina musobaqaning birinchi bosqichida engil g'alabani qo'lga kiritdi. Qozog'istonlik tennis malikasi WTA reytingining 335-pog'onasida borayotgan eamerikalik Xuleta Parexani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/0.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 6 ta eys, 4 ta breyk qayd etib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi Ribakina ikkinchi bosqichda Tereza Valentovaga qarshi kortga chiqadi. CHexiyalik tennischi birinchi davrada italiyalik Lyuchiya Broncettini 6/3, 3/6, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar