24 avg 11:32
Yangiliklar

Marton Fuchovich Winston-Salem Open chempioni!
Musobaqa bosh sovrini vengriyalik Marton Fuchovichga nasib etdi. ATP reytingida 94-pog'onada borgan Marton hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan ikki pog'ona yuqorida borayotgan niderlandiyalik Botika van de Zandshulpni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(3).
Fuchovich bu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 2:2. Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Fuchovich 4, Zandshulp 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi foydasiga bo'ldi - 4 ga 3.
Marton Fuchovich AQSH turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 109 640 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosi ishlab oldi. Bu 33 yoshli venger uchun faoliyatidagi uchinchi ATP sovrini bo'ldi. U shu yil Qatardagi "CHellenjer" turnirida ham bosh sovringa ega chiqqandi.
Fikrlar