26 avg 10:20
Yangiliklar
Tennis

US Open. Medvedev qatorasiga uchinchi "Katta Dubulg'a" turniri startidayoq yutqazdi
Dunyoning 13-raketkasi Daniil Medvedev "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining birinchi davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Rossiyalik tennischi US Open ilk bosqichida ATP reytingida 51-pog'onada borayotgan franciyalik Benjamen Bonziga 3/6, 5/7, 7/6(5), 6/0, 4/6 hisoblarida imkoniyati boy berib qo'ydi. Bonzi Medvedev uchun noqulay raqib bo'lib qolmoqda. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarda aynan u oldinda bormoqda - 3:1.
Uch soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 21, Bonzi 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shzatolar Daniilda ko'p bo'ldi - 10 ga 4. Ikkala tennischi ham 6 tadan breykka erishgan. Endi Benjamen US Open turnirining ikkinchi davrasida Markos Gironga qarshi kortga chiqadi. Amerikalik bu tennischi ilk bosqichda argentinalik Mariano Navonedan ustun keldi - 6/0, 7/5, 4/6, 5/7, 6/4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar