26 avg 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA

"Oliveyrani nokaut qila olaman" - Fiziev
Ozarbayjonlik Rafael Fiziev 11 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda CHarlz Oliveyraga qarshi bo'ladigan to'qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, CHarlz bilan hammasi yaxshi — u katta tajribaga ega. Hozir tibbiyot ham yuqori darajada [nokautdan keyin tiklanib oladi]. U bilan jang hali ham xavfli sinov. O'sha nokaut bizning jangimizga tasir qilmaydi.
Men kikbokschiman. Zarbalarim qattiq. Agar uni yaxshilab ursam, albatta nokaut qila olaman. Ko'pchilik aytadi: "Nokautdan keyin inson avvalgidek bo'lmaydi, yani iyagi chidamsiz bo'ladi". Hamma shunday deydi, lekin bu rostmi-yo'qmi, bilmayman. Nokaut bilan mag'lub bo'lganlar aslida qarib qolishadi. Rost yoki yo'q — bilmayman. Sinovdan o'tkazamiz", — dedi Fiziev MMA News nashriga.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar