05 okt 15:57
Yangiliklar
UFC 335 turnirining markaziy jangi BMF kamari uchun bo'lib o'tadi (POSTER)
Unda BMF kamari sohibi CHarlz Oliveyra Diego Lopesga qarshi oktagonga chiqadi. UFC rasmiy saytiga ko'ra, turnir 12 dekabr kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena’da bo'lib o'tadi.
Engil vazn toifasidagi asosiy jang besh raundga mo'ljallangan. Lopes ushbu bahsda UFC engil vazn toifasida debyut qiladi. Avval u yarim engil vazn toifasida chempionlik kamariga davogarlik qilgan.
Oliveyra BMF kamarini mart oyida UFC 326 turnirida qo'lga kiritgan. O'shanda u Maks Xolloueyni besh raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. UFC 335ning ikkinchi asosiy jangida esa og'ir vazn toifasida Aleks Pereira va Sergey Pavlovich o'zaro to'qnashadi. Ushbu bahs ham besh raund davom etishi belgilangan.

Fikrlar