26 avg 17:08
Yangiliklar
Gandbol

Gandbol. JCHga yo'l olgani aytilgan terma jamoamiz diskvalifikaciya qilindimi?
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida gandbol bo'yicha qizlar o'rtasida U-19 Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bungacha O'zbekiston terma jamoasi gandbolchi qizlari guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda, yarim finalga yo'l olgani va shu bilan birga Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqani haqida xabar bergandik.
Afsuski, bugun tarqalgan malumotlarga ko'ra, terma jamoamiz diskvalifikaciya qilingan. O'zbekiston o'rniga Xitoy Taypeyi terma jamoasi yarim final yo'llanmasiga ega bo'lgan.
O'zbekiston gandbol federaciyasi matbuot xizmati hozircha ushbu vaziyat yuzasidan izoh bermagan.
Vikipediyadagi malumotlarga tayanadigan bo'lsak, O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar natijalari bekor qilingan.
Guruh jadvali esa biz uchun yoqimsiz bo'lgan ko'rinishga kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar