Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Belaruslik tennischi ikkinchi davrada WTA reytingida 44-pog'onada borayotgan ruminiyalik Sorana Kirstyani mag'lub etdi - 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1. Bir soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 7 ta eys, 2 ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etdi. Endi u Mutua Madrid Open turnirining uchinchi bosqichida kolumbiyalik Mariya Osorioga qarshi kortga chiqadi. Osario o'z o'rnida ukrainalik Marta Kostyukdan 3/6, 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi.