Bosh sahifa
04 noy 09:23 Boks/MMA

Olimjon Nazarovning navbatdagi himoya jangi sanasi, raqibi va manzili malum

Eng tajribali charm qo'lqop ustamiz Olimjon Nazarov navbatdagi jangini ham Vetnam davlatida o'tkazishi aniq bo'ldi.

Engil vazn (50,8 kg) toifasida WBO Oriental kamari sohibi bo'lib turgan hamyurtimiz 10 dekabr kuni Vetnamning Xoshimin shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi. Nazarovning 12 raundlik jangdagi raqibi tailandlik Majungoen Jakravut bo'ladi. 

Malumot uchun, 27 yoshli Jakravut prof ringda 46 ta jang o'tkazgan bo'lib, 42 g'alaba (21 nokaut), 2 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan. 38 yoshli Nazarov esa 33 ta jang o'tkazgan. Hisobida 28 g'alaba (15 nokaut) va 5 ta mag'lubiyat bor.   

Eslatib o'tamiz, bokschimiz oxirgi jangida filippinlik Bienvenido Ligasni 114:113, 115:112, 115:112 hisoblarida mag'lub etib, o'ziga tegishli WBO Oriental kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar