Bosh sahifa
01 okt 19:18 Velosport

Para velosport: mamlakat chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Para velosportning trek poygalari bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

Respublikamizning turli hududlaridan jami 80 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu mamlakat birinchiligi har tomonlama qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechdi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi rahbariyati ishtirok etdi. Unda so'z olganlar Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida sportga qaratilayotgan etibor, ayniqsa Paralimpiya sportiga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib, yosh sportchilarga kelajakdagi xalqaro musobaqalarda omad va zafarlar tilashdi.

O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Para velosportning trek poygalari bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida quyidagi sportchilar sovrindorlar safidan joy oldi.

S5-4 km

1. Abdullaev Azimbek

2. Yavqochev Boymurod

3. Qurbonov Mirjalol


S4-4 km

1. Ibraimov Abror

2. Norqulov Zafar

3. Yoshboev Ablulaziz


S3-3 km

1. Palvonov Avazxon

2. Jolimbetov Muhammadali

3.Xudurganov Og'abek


S2-3 km

1. Artiqov Abror

2. Xayitmuxammadov Bunyod

3. Mirzayorov G'olibbek


S5- Git 1 km

1. Abdullaev Azimbek

2. Yavqochev Boymurod

3. Isroilov Ilyosbek


S4- Git 1 km

1. Ibraimov Abror

2. Yoshboev Abdulaziz

3. Raximboev O'lmasbek

Manba : minsport.uz
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar