Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek ikkinchi davrada WTA reytingida 102-pog'onada borayotgan amerikalik Kler Liuni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/0.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda amaldagi "Rolan Garros" chempioni hisoblangan Svyontek 1 ta eys, 6 ta breykka erishib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Polshalik tennischi 1/8 final chiptasi uchun Sin YU Vanga qarshi kortga chiqadi. Xitoylik tennischi ikkinchi bosqichda shveciyalik Rebekka Petersondan 7/6(5), 6/2 hisoblarida ustun keldi.