02 sen 07:01
Yangiliklar
Tennis

US Open. Svyontek so'nggi rus tennischisini ham mag'lub etdi
Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek to'rtinchi davrada WTA reytingida 12-o'rinni egallab turgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrovani ortiqcha qiyinchiliksiz 6/3, 6/1 hisobida mag'lub etdi. Iga tennis malikalarining o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni o'z foydasiga yiriklashtirdi - 5:2.
Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 7, Aleksandrova 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Ekaterinaning mag'lubiyatidan keyin US Open yakkalik bahslarida rossiyaliklardan hech kim qolmadi. Svyontek faoliyatida 13-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlari (US Open`da uchinchi bor) 1/4 finaliga chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar