Bosh sahifa
06 may 14:31 Boks/MMA

Ruslan Abdullaev mavrikiylik kuchli bokschi ustidan g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi

Toshkentda boks bo'yicha jahon chempionatining oltinchi kungi janglari boshlandi.

-63,5 kg vazn toifasida nimchorak final masalasini hal etgan bokschimiz Ruslan Abdullaev bugun mazkur bosqichda mavrikiylik bokschi Richanro Kolinga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Abdullaev g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, Kolin bu vaznda to'rtinchi raqamli bokschi sifatida tasnif etilgan edi. U o'tgan jangida qozog'istonlik Sanatali Toltabaev ustidan g'alaba qozongan edi.

Ruslan bugungi g'alabasi orqali chorak finalga yo'l oldi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar