Sayyoramizning birinchi raketkasi polshalik Iga Svyontek AQSH Ochiq chempionatining yarim finalida WTA reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan belaruslik Arina Sobolenkoni uch setda 3/6, 6/1, 6/ 4 hisobida mag'lub etib, turnir finaliga chiqdi.
Tennischilar kortda 2 soatu 13 daqiqa harakat qilishdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida polshalik tennischi oradagi farqni yana oshirdi - 3:1.
Endi US Open chempionligi uchun Svyontek tunislik Ons Jaberga qarshi bahs olib boradi.