39 yoshli bokschi ertaga Tervel Pulevga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Vazn o'lchash marosimida Kovalev 89 kg tosh bosdi. Pulev esa biroz og'irroq — 89,6 kg vazn ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, Kovalev so'nggi bor 2019 yilda Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tarilib, 11-raundda nokaut bo'lgandi.