So’nggi yangiliklar

20:09Аюбхон Бахтиёров WBC Гран-приси 1/4 финалида мексикалик боксчига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0 19:10Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан ПРЕВЬЮ 0 18:49NUR-HAS karate markazi тарбияланувчилари АҚШ, Япония ва Мўғулистондаги мусобақаларда иштирок этади 0 18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв спорт тандеми сифатидаги фаолиятини якунлаши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0

11 avg 15:55
Yangiliklar

Tennis

Genesis Traiding Cup. Sergey Fomin dramatik uchrashuv o'tkazdi

Bolgariyaning Sofiya shahri tennis bo'yicha Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 54 000 evroni tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fominning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Genesis Traiding Cup turnirining saralash bosqich 1/2 finalida hindistonlik Prajval Dev 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etgandi.

Afsuski, saralashda ettinchi raqam ostida harakat qilgan tennischimiz asosiy to'r yo'llanmasi uchun kechgan bahsda Viktor Markovga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bolgariyalik 20 yoshli tennischi kecha saralashning 1/2 finalida uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurti Petr Nesterovni 6/1, 6/3 hisobida engib, shov-shuv sababchisiga aylangandi.

Ikki soatu 30 daqiqa davom etgan bugungi uchrashuvda u sensacion yurishini davom ettirdi - 6/4, 2/6, 7/5. Fomin uchinchi setda uch bor matchboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi, ammo o'zining geymida yutqazib, musobaqaning asosiy to'g'riga yo'l ola bilmadi. Bahs davomida Markov 11, Fomin esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham etarli bo'ldi - 10 ga 8, Viktor "foydasiga" 

Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 478, Markov esa 1689-o'rinni band etgan. Saralash bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan Viktor Markov endi asosiy turnirda bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing