13 avg 18:28
Yangiliklar

SHok xabar: figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov sport tandemi sifatidagi faoliyatini yakunlashi aytilyapti, sportchilar Xitoy Gran-prisida ishtirok etmasligi aniq!
Figurali uchishning juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov oktyabr oyida Xitoyning CHongqin shahrida tashkil etiladigan Gran-pri bosqichining ishtirokchilar safidan chiqarildi.
Hozircha bunga nima sabab bo'lgani ochiqlanmadi. Biroq xorijiy nashrlarda tarqalayotgan mish-mishlarga ko'ra, juftlikning ajralish ehtimoli bor.
Malumot uchun, Geynish va CHigiryov o'tgan mavsumdan buyon terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelyapti. Ular yakuniga etgan mavsumda Osiyo o'yinlari g'olibi, Gran-pri bosqichlarida sovrindor bo'lishdi. 2026 yili Italiyaning Milan va Kortina d'Ampecco shaharlarida o'tkaziladigan qishki Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanma ham yutishgandi.
Fikrlar