So’nggi yangiliklar

19:00Усикнинг қачон рингга қайтиши айтилди 0 18:33Нурмагомедов мағлубиятидан сўнг UFC рейтингида пастлади 0 17:59МЮ Бруну Фернандешни энг кўп маош олувчи ўйинчисига айлантиришга тайёр 0 17:30Богдан Гусков Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубиятига муносабат билдирди 0 16:57UFC 332 турнирининг асосий жанги Шевченко иштирокида кечади 0 16:27Усик ўзининг камари учун кечган Итаума - Хргович жангига муносабат билдирди 0 15:52Ямаль кучли бешлик лигаларининг рекордини янгилади 0 15:23Самарқанд мезбонлик қиладиган FIDE Chess Olympiad 2026 стартига икки ҳафта қолди 0 14:50Хитой "Челленжер"ида ўзбек дербиси бўлиб ўтди 0 14:19O’Мэлли: "Сонг – Мераб учун катта муаммо, уларнинг жангини кўришни истайман" 0 13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0

11 avg 10:33
Yangiliklar

SHaxmat

"Qonaev Cup 2025". SHaxmatchilarimiz 7-turda qanday natija qayd etishdi?

Qozog'istonning Olma-Ota shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli "Qonaev Cup 2025" turniri bo'lib o'tmoqda.

Uchta guruhda tashkil etilayotgan musobaqada 19 davlatdan jami 268 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Ushbu turnirda O'zbekiston sharafini 5 nafar shaxmatchimiz himoya qilyapti. 

Mukofot jamg'armasi 78 000 dollarni tashkil etuvchi "Masters" guruhida Muhammadzohid Suyarov (2488) va Humoyun Begmuratov (2466), 15 000 dollar sovrin puliga ega "Challengers" guruhida esa grossmeysterimiz Aleksey Barsov (2323), shuningdek Miraziz Matyakubov (2260) hamda Azamat Daurimbetov (2199) o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Afsuski, 7-turda Muhammadzohid Suyarov ketma-ket g'alabalardan keyin mag'lubiyatga uchradi. U qora donalarda armanistonlik xalqaro grossmeyster Aram Hakobyan (2625)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ochkolari 4 taliga qolgan Suyarov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'rindan 26-pog'onaga tushib ketdi. O'n ettinchi o'rindan joy olgan qozog'istonlik Daniyal Sapenov hisobida ham 4 ochko bor. 

Humoyun Begmuratov bu turda qora donalarda o'ynadi. Yosh shaxmatchimiz qozog'istonlik Erlan Tleuxanov bilan murosaga keldi. Humoyun 3 ochko bilan hamon 48-pog'onadan 42-o'ringa ko'tarilib oldi. Bugun 8-turda Muhammadzohid Suyarov oq donalarda FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan belaruslik grossmeyster Sergey Azarov (2570)ga qarshi bahs olib boradi. Begmuratov esa qozog'istonlik ayol grossmeyster Alua Nurmanga qarshi oq donalarda o'ynaydi. 

"Challengers" guruhida qatnashayotgan uch nafar shaxmatchimiz 7-turda uch xil natija qayd etishdi. Tajribali grossmeysterimiz Aleksey Barsov oq donalarda o'ynaganiga qaramay, qozog'istonlik Edil Kabilbek (2003)ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Miraziz Matyakubov oq donalarda qozog'istonlik Adil Tkachayovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Azamat Daurimbetov esa aksincha, qora donalarda mezbonlarning yana bir shaxmatchisi Arlen Abdrashevni mag'lubiyatga uchratdi. 

Sakkizinchi tur oldidan Azamat Daurimbetov 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi o'rindagi qozog'istonlik Abdilxayr Abilmansur hisobida ham 5,5 ochko bor. FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Konstantin Kornienko 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Aleksey Barsov 5 ochko bilan o'z o'rnini saqlab qoldi - 10-o'rin. Miraziz Matyakubov 4 ochko bilan 12-o'rindan 20-pog'onaga tushib ketdi. 

Bugun 8-turda Azamat Daurimbetov oq donalarda o'zi singari 5,5 ochkoga ega qozog'istonlik Alibek Igambergenovga qarshi bahs olib boradi. Aleksey Barsov qora donalarda yana bir mezbon shaxmatchi Adil Tkachyovga qarshi o'ynaydi. Miraziz Matyakubov mo'g'ulistonlik Xuslen Erdenbayar bilan hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing