11 avg 09:09
Yangiliklar

Sergey Fomin Genesis Traiding Cup turniri finaliga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 54 000 evroni tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fominning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Genesis Traiding Cup turnirining saralash bosqich 1/2 finalida hindistonlik Prajval Devga qarshi kortga chiqdi.
Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan uchrashuvda Fomin raqibi ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Sergey 13, Prajval esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar hamyurtimizda ko'p bo'ldi - 11 ga 3.
Saralashda ettinchi raqam ostida harakat qilayotgan tennischimiz bugun asosiy to'r yo'llanmasi uchun Viktor Markovga qarshi kortga chiqadi. Bolgariyalik bu tennischi kecha saralashning 1/2 finalida uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurti Petr Nesterovni 6/1, 6/3 hisobida engib, shov-shuv sababchisiga aylandi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 478, Dev 815, Markov 1689, Nesterov 455-o'rinni band etgan. Fomin - Markov uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi. Viktor Markov saralash bahslariga imtiyozli WC yo'llanmasi bilan ishtirok etyapti.
Fikrlar