Bosh sahifa
15 may 11:18 Boks/MMA

Sergey Kovalyov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi

Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.

Inglvuddagi "Forum Stadium"da o'tgan oqshomning markaziy jangida rossiyalik Sergey Kovalyov bolgariyalik Tervel Pulevga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raund to'liq davom etgan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. 

Jangda Kovalyov hakamlarning yakdil qarori bilan 98-92, 98-92, 97-93 hisobida g'alaba qozondi. Bu rossiyalik charm qo'lqop ustasining birinchi og'ir vazn toifasidagi debyut jangi edi. U so'nggi jangini 2019 yilning noyabr oyida Saul Kanelo Alvaresga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi. 

Malumot uchun, Sergey Kovalyov prof boksda 40 ta jang o'tkazgan. Hisobida 35 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 1 durang bor. Pulev esa bugun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning rekordi 16 g'alaba (13 nokaut) edi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar