Bosh sahifa
23 dek 11:23 Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni boks yulduziga qarshi jang qiladi

Dos Santos Kubrat Pulevga qarshi jang qiladi

Og'ir vazn toifasida sobiq UFCchempioni Junior Dos Santos Triller promouterlik kompaniyasi bilan 2022 yilning fevral oyida taniqli bolgariyalik professional bokschi Kubrat Pulevga qarshi navbatdagi jangini o'tkazish bo'yicha shartnoma imzoladi.

Jang MMA jangchilari va bokschilarni uchburchak ringda birlashtiradigan Triad Combat shousi doirasida bo'lib o'tadi. Janglarda umumiy qoidalar qo'llaniladi, unga ko'ra, raqiblar boks qoidalariga ko'ra tik holatda jang qilishadi, lekin shu bilan birga ular aralash yakkakurashlar uchun qo'llaniladigan qo'lqoplardan foydalanadilar va mushtning orti bilan bilan urishlari mumkin.

Manba : fighttime.ru
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar