Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko yarim final uchrashuvida rossiyalik raqibasi Anastasiya Potapovani deyarli sezmadi. Belaruslik tennischi WTA reytingida 24-o'rinni egallab turgan raqibasini 6/1, 6/2 hisobida taslim etdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Roppa-rosa 1 soat davom etgan bahsda Potapova 2, Sobolenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan.