Paradaysdagi "Ti-Mobayl Arena" stadionida o'tayotgan oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan jang kutilmagan holat bilan yakuniga etdi. Engil vaznda braziliyalik 35 yoshli Pedro Munos amerikalik 27 yoshli SHon O’Melliga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang ikkinchi raundda to'xtatildi. O’Melli kutilmaganda Munosning ko'ziga qo'lini tiqib oldi. SHifokorning xulolasiga ko'ra referi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. SHon birinchi raundda ham beldan pastga zarba bergani uchun ogohlantirilgandi.
SHu tariqa, Pedro Munos - SHon O’Melli jangi o'tkazilmagan deb topildi.