Bosh sahifa
06 sen 13:29 Tennis

US Open. Pegula Petrani uyiga jo'natib yubordi

Dunyoning sakkizinchi raqamli tennis malikasi Jessika Pegula AQSH Ochiq chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Amerikalik tennischi to'rtinchi davrada WTA reytingida 21-o'rinni band etgan chexiyalik Petra Kvitovadan ustun keldi - 6/3, 6/2. Jessika o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Kvitovani taslim etdi - 1:2. 

Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Pegula ham, Kvitova ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Endi Jessika US Open 1/2 final chiptasi uchun sayyoramizning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi. 

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar