20 avg 18:14
Yangiliklar

Iga Svyontek yangilangan reytingda dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi, biznikilarning yarmi ko'tarildi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikalik Koko Goff uchinchi o'ringa pastladi. U o'z o'rnini Cincinatti WTA 1000 turniri chempioni Iga Svyontekka bo'shatib berdi. Top-10 reytingida yana bitta o'zgarish kuzatildi. Italiyalik Jasmin Paolini amerikalik Amanda Anisimova bilan o'rin almashib oldi.
Yangilangan reytingda 6 nafar tennis malikamiz bo'lib, ularning teng yarmi oz bo'lsa-da ko'tarildi. Qolgan yarmi esa yaxshigina pastga sho'ng'idi. Birinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova 69, Sabrina Olimjonova 27, Diana Yakovleva 32 pog'onaga pastladi. Ikkinchi raqamli tennischimiz Darya SHubina 6, uchinchi raketkamiz Nigina Abduraimova hamda Milana Maslenkova 1 pog'onaga o'rinlarini yo'qotishdi.
WTA reytingi. 19 avgust kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 11 225 ochko
2. (3) Iga Svyontek (Polsha) - 7933
3. (2) Koko Goff (AQSH) - 7874
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 4903
5. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4733
6. (6) Medison Kiz (AQSH) - 4699
7. (7) CHjen Cinven (Xitoy) - 4433
8. (9) Jasmin Paolini (Italiya) - 4116
9. (8) Amanda Anisimova (AQSH) - 3869
10. (10) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3663
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
946 (877). Vlada Yakshibarova – 23
1227 (1233). Darya SHubina – 9
1267 (1268). Nigina Abduraimova – 8
1272 (1273). Milana Maslenkova – 8
1425 (1398). Sabrina Olimjonova – 4
1451 (1419). Diana Yakovleva – 3
Fikrlar