21 avg 13:27
Yangiliklar

Qozog'istonlik Ivan Dichko Kanelo - Krouford oqshomida taniqli bokschi bilan jang qiladi
Musobaqaning asosiy jangida meksikalik Jahon chempioni Saul Alvares amerikalik chempion Terens Kroufordga qarshi ringga chiqadi.
Tashkilotchilar bugun tongda turnirning anderkardini ham elon qildi. Unga ko'ra, qozog'istonlik super og'ir vaznli 35 yashar charm qo'lqop ustasi Ivan Dichko musobaqa doirasida amerikalik 31 yoshli Jermeyn Franklin bilan bahs olib boradi. Franklin 2022 yilda Dillian Uayt, Entoni Joshua kabi yulduzlar bilan jang qilib, mag'lub bo'lgan.
Bundan tashqari, ushbu karddan ukrainalik Sergey Bogachukning AQSH vakili Brendon Adamsga qarshi jangi o'rin olgan. Yodingizda bo'lsa, Bogachuk o'tgan yilning dekabr oyida hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang qilishi kerak edi. Biroq yakunda bellashuv bekor bo'lgandi.
Fikrlar