21 avg 11:39
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA

Olimpiada chempioni MMAda debyut qiladi
Erkin kurash bo'yicha 2020 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi, amerikalik Geybl Stivson aralash yakka kurash bo'yicha ilk jangini o'tkazadi.
U 12 sentyabr kuni Prayor-Leykda (AQSH) bo'lib o'tadigan LFA 217 turnirida oktagonga ko'tariladi.
Stivsonning raqibi hamyurti Breyden Peterson bo'ladi. Stivson 2021-2024 yillar oralig'ida WWE Ligasida faoliyat yuritgan.
Havola :
Manba : LFA
Fikrlar