10 avg 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Akbar Islomboevning LFA 240 turniridagi raqibi elon qilindi (POSTER)
28 avgust kuni AQSHning Tennessi shtati, Klarksvill shahrida MMA bo'yicha LFA 240 turniri tashkil etiladi.
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Akbar Islomboev ham oktagonga ko'tariladi.
Unga o'sha kuni braziliyalik Elvis Silva raqib bo'ladi. Mazkur bellashuv tashkilotchilar tomonidan tasdiqlandi.
Jang yarim engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Takidlash lozim, 27 yoshli Akbar Islomboev hozirgacha 8 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yashar Elvis Silva hisobida esa 15 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar