27 avg 07:31
Yangiliklar
Pimblett, Xollouey va Stivson "g'alabalari sabab" jarimaga tortildi
Britaniyalik Peddi Pimblett, amerikaliklar Maks Xollouey va Geybl Stivson UFC 329 turniridagi g'alabalarini oktagon tashqarisida nishonlaganliklari uchun 2500 AQSH dollaridan jarima to'laydilar.
Rasmiylar 2018 yilda Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng tomoshabinlar zalida irlandiyalik jangchining jamoa vakillari bilan to'qnashib ketganidan keyin, shtat hududida jangchilarning qafas ustidan sakrashini taqiqlab qo'ygan edi.
Avvalroq komissiya Pimblett, Xollouey va Stivsonning ushbu turnirdagi chiqishlari uchun gonorarlarini muzlatib qo'ygani xabar qilingandi. Endilikda ularning gonoraridan jarima summalari ushlab qolinadi. Reglamentni buzgan jangchilarga nisbatan boshqa qo'shimcha sankciyalar ko'zda tutilmagan

Fikrlar